Mendi 23,4 million evro evaziga Angliyaga ko'chib o'tdi
13 AVGUST, 2026, 12:36
«Xall» senegallik himoyachi Nobel Mendi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
21 yoshli futbolchining avvalgi jamoasi «Rayo Valekano» edi. Mendi Ispaniya klubi safida 2025 yildan buyon to'p surib kelayotgandi.
2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «Rayo Valekano» tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Mendi faoliyati davomida, shuningdek, «Betis» va «Parij» klublari sharafini ham himoya qilgan.
Transfermarkt portali Senegal terma jamoasi futbolchisining bozor qiymatini 7,5 million evroga baholamoqda. Manba ma'lumotiga ko'ra, «Xall» Mendi transferi uchun 23,4 million evro to'lagan.
