Arteta Nvaneri ijaradan so'ng qanday o'zgarganini aytdi
13 AVGUST, 2026, 12:30
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Itan Nvanerining ijaradan qaytganidan keyingi holati haqida fikr bildirdi.
19 yoshli futbolchi «Marsel»dagi ijara muddatini yakunlab, o'z klubi safiga qaytdi. Angliyalik iqtidorli yarim himoyachi «Arsenal»ning mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi barcha uchrashuvlarida ishtirok etdi.
«Itan o'zini yaxshi ko'rsatdi. Ha, ehtimol, uning ijaraga ketishi kutilganidek natija bermagandir. Ammo o'sha paytda «Marsel» atrofida juda ko'p shov-shuv bor edi, klubda o'zgarishlar kechayotgandi. Shunga qaramay, hozir Nvaneri ancha etuk futbolchi bo'lib ko'rinmoqda — u juda foydali tajriba orttirdi.
Yarim yil davomida xorijda, yolg'iz va murakkab sharoitda yashash — futbolning bir qismi. Agar sen etarlicha yaxshi futbolchi bo'lsang, bunday vaziyatlarni engib o'tishni ham bilishing kerak. Itanning mavsumoldi tayyorgarligida ko'rsatgan o'yinidan mamnunman», — deya Artetaning so'zlarini keltiradi jurnalist Konnor Xamm.
Yakshanba kuni «Arsenal» Angliya Superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.
