Mourino Bellingemdan «Real»da qanday foydalanishi ma'lum bo'ldi
13 AVGUST, 2026, 12:24
«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem ta'tildan so'ng Madrid klubi safiga qaytdi.
Diario AS nashri ma'lumotiga ko'ra, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino angliyalik futbolchidan 4-2-3-1 taktik sxemasida «o'nlik» pozitsiyasida foydalanishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis Bellingem zarurat tug'ilsa, maydon markazida ancha chuqurroq pozitsiyada ham harakat qila olishini yaxshi biladi. Biroq Mourinoning fikricha, yarim himoyachi raqib jarima maydoni oldida o'ynaganda jamoaga eng katta foyda keltira oladi.
O'tgan mavsumda 23 yoshli Bellingem barcha musobaqalar hisobga olinganda 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Real» yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini safarda «Espanol»ga qarshi o'tkazadi. Bahs 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.
