logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Stankovichning o'rnini kim egallashi ma'lum bo'ldi

 13 AVGUST, 2026, 12:00

«Tsrvena Zvezda» Deyan Stankovichdan keyin jamoa bosh murabbiyi lavozimiga kimni tayinlashini hal qildi.

Direktno ma'lumotiga ko'ra, jamoani ispaniyalik Albert Riera boshqaradi. Kelishuv yaqin kunlarda rasmiylashtiriladi. Bu ma'lumot boshqa manbalarda ham tasdiqlangan. 

44 yoshli Rieraning so'nggi ish joyi Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bo'lgan. U jamoani 2026 yil fevral oyidan mayiga qadar boshqargan.

Chorshanba kuni «Tsrvena Zvezda» Chempionlar ligasi 3-saralash bosqichida «Xapoel» jamoasiga qarshi bahslarda (0:1, 0:2) mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketdi va shundan so'ng bosh murabbiy Stankovichning iste'fosini e'lon qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ