Arteta: "Lyuis-Skelli juda hissiyotga beriluvchan futbolchi"
13 AVGUST, 2026, 11:24
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning 19 yoshli himoyachisi Maykl Lyuis-Skelli haqida fikr bildirdi.
"U juda hissiyotga beriluvchan futbolchi. Esingizdami, u maydonda barcha ishoralarni qilardi. Men hech qanday mish-mishlar haqida gapirmoqchi emasman.
Agar futbolchilarimiz haqida gapirishsa, bu yaxshi belgi. Demak, biz e'tiborni tortyapmiz", — deya Artetaning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
