logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Karrik Reshford haqida: "U o'yinimizga o'ziga xos nimadir qo'sha oladi"

 13 AVGUST, 2026, 11:06

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik Markus Reshford haqida fikr bildirdi.

28 yoshli futbolchi "Barselona"dagi ijaradan so'ng "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Ko'plab transfer mish-mishlariga qaramay, "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi hozircha klubni tark etmadi. Katta ehtimol bilan u yangi mavsumni "Manchester Yunayted" safida boshlaydi.

"Reshford — bizning futbolchimiz. U jamoaga ajoyib formada qaytdi. Men uchun Markus jamoamizdagi boshqa barcha futbolchilar kabi teng huquqli o'yinchi. Men uni anchadan beri bilaman va u o'yinimizga o'ziga xos nimadir qo'sha oladi. Yangi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz", — deya Kerrikning so'zlarini centredevils keltirdi.

15 avgust kuni "Manchester Yunayted" "Milan"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Oradan bir hafta o'tib, Karrik jamoasi Angliya Premer-ligasidagi yangi mavsumni "Xall Siti"ga qarshi safar uchrashuvi bilan boshlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ