logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Emeri "PSJ" futbolchisini maqtadi

 13 AVGUST, 2026, 10:54

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa Superkubogi uchun o'tkazilgan o'yindan keyin Xvicha Kvaratsxeliyani maqtadi.

«PSJ» Angliya jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Parijliklar vingeri uchrashuvning 20-daqiqasida gol urdi. «U odatdagidek uslubda gol urdi. Biz bunday vaziyatning oldini olishga harakat qildik, ammo uning mahorati va zarba berishdagi qobiliyati — shunchaki fantastika.

Qarorni men qabul qilmayman, ammo menimcha, u “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi mumkin», — dedi Unai Emeri o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ