"Real" "PSJ"ga xabar yubordi
13 AVGUST, 2026, 10:48
Madridning "Real" klubi "PSJ"ni UEFA Superkubogidagi g'alaba bilan tabrikladi.
Parijliklar sovrin uchun kechgan uchrashuvda "Aston Villa"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
"PSJ" va uning barcha muxlislarini UEFA Superkubogidagi munosib g'alaba bilan tabriklaymiz", — deyiladi "Real"ning X ijtimoiy tarmog'idagi xabarida.
"PSJ" ikkinchi yil ketma-ket yangi mavsumni UEFA Superkubogidagi g'alaba bilan boshladi.
