logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Anderson "Manchester Siti"dagi roli haqida gapirdi

 13 AVGUST, 2026, 10:42

"Manchester Siti"ning yangi futbolchisi Elliot Anderson jamoadagi roli qanday bo'lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Hozircha Entso Mareska bilan unchalik ko'p gaplashganim yo'q. Jamoadagi rolim haqida kelasi hafta batafsil bilib olaman. Ammo menimcha, murabbiy meni boks-tu-boks yarim himoyachisi sifatida ko'rmoqda. Himoyada ham, hujumda ham yaxshi harakat qila olaman, deb o'ylayman", — dedi Anderson Hayters TV'ga bergan intervyusida.

"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida 23 yoshli Andersonni "Nottingem Forest"dan 135 mln evro evaziga sotib oldi.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ