logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"PSJ" UEFA Superkubogini ketma-ket ikki marta yutgan to'rtinchi klub bo'ldi

 13 AVGUST, 2026, 10:30

"Pari Sen-Jermen" UEFA Superkubogi uchun o'tkazilgan uchrashuvda "Aston Villa"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritdi.

Parijliklar safida Xvicha Kvaratsxeliya 20-daqiqada hisobni ochdi. Dezire Due esa 61-daqiqada jamoasining ikkinchi va g'alaba golini kiritdi. "Aston Villa"ning yagona goliga 45-daqiqada Brayan Madjo mualliflik qildi.

Opta ma'lumotiga ko'ra, "PSJ" UEFA Superkubogini ketma-ket ikki mavsumda qo'lga kiritgan tarixdagi to'rtinchi jamoaga aylandi.

Bunga qadar bunday natijani faqat "Ayaks" (1973 va 1974), "Milan" (1989 va 1990) hamda Madridning "Real" klubi (2016 va 2017) qayd etgan.

Luis Enrike boshchiligidagi "PSJ" o'tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida "Arsenal"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Parijliklar bir yil avval ham UEFA Superkubogida Angliya klubini mag'lub etgan — o'shanda "PSJ" "Tottenhem"dan penaltilar seriyasida ustun kelgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ