logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Angliyaning sobiq chempioni sotuvga qo'yildi

 13 AVGUST, 2026, 10:30

"Lester" egalari klubni sotuvga qo'yishga qaror qildi.

The Athletic ma'lumotiga ko'ra, potentsial investorlarga klub, uning tarkibi va aktivlari haqida ma'lumotlar jamlangan taqdimot allaqachon yuborilgan.

Shrivaddanaprabxa oilasi klub aktsiyalarining to'liq paketi uchun taxminan 300 mln dollar olishni rejalashtirmoqda. Biroq manba ma'lumotiga ko'ra, 200 mln dollar atrofidagi summa realroq baholanmoqda.

Klub qiymatining pasayishiga "Lester"ning Angliyaning kuch jihatidan uchinchi divizioniga tushib ketgani va so'nggi yillarda katta moliyaviy yo'qotishlarga uchragani ta'sir ko'rsatgan.

Sotuv taklifiga "Lester"ning erkaklar va ayollar jamoalari, klub akademiyasi, "King Pauer" stadioni hamda mashg'ulot bazalari kiradi.

Amaldagi egalar "Lester"ni 2010 yilda taxminan 47 mln dollarga sotib olgan edi. Ular boshqaruvi davrida jamoa 2016 yilda sensatsion tarzda Angliya Premer-ligasi chempioni bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ