logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino: "La Ligada bunday o'yinlarimiz ko'p bo'ladi"

 13 AVGUST, 2026, 10:06

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Deportivo"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidagi 1:0 hisobidagi g'alabani La Liga oldidan muhim sinov sifatida baholadi.

Safarda o'tgan uchrashuv taqdirini birinchi bo'lim oxirida Braim Dias tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.

"La Ligada bunga o'xshash o'yinlarimiz ko'p bo'ladi, ayniqsa, safarda. Balki har doim ham darhol ustunlikka erisha olmasmiz, ammo gol ursak — g'alaba qozonamiz. Bugungi kabi 1:0 hisobidagi g'alabalarimiz ko'p bo'ladi", — deya Mourinoning so'zlarini Madrid Zone keltirdi.

13 yillik tanaffusdan so'ng "Real"ga qaytgan Mourino jamoasi Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni o'tkazadi. Madridliklar 1-turda "Espanol"ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ