logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Tottenxem" Kristian Romeroni "Atletiko"ga sotishga rozi bo'ldi

 13 AVGUST, 2026, 10:06

"Tottenxem" himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettiradi.

Jurnalist Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, klublar 28 yoshli argentinalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bonuslarni hisobga olganda, bitimning umumiy qiymati 40 mln evroni tashkil etadi.

Avvalroq xabar berilganidek, Romero ham "Atletiko" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan.

Argentinalik himoyachi 2021 yildan buyon "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. U London klubi bilan Evropa ligasida g'olib chiqqan.

Romero "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda jami 156 ta uchrashuv o'tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining bozor qiymati 50 mln evro atrofida baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ