logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Niderlandiya terma jamoasini 1978 yildan beri ilk bor xorijlik murabbiy boshqaradi

 13 AVGUST, 2026, 09:54

Xavi Niderlandiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ispaniyalik mutaxassis "apelsinranglilar" boshqaruvida Ronald Kumanning o'rnini egalladi. Kuman qo'l ostida jamoa jahon chempionatining 1/16 final bosqichida musobaqani tark etgan edi.

Xavi Niderlandiya futbol federatsiyasi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.

Shu tariqa, Xavi uzoq vaqtdan so'ng Niderlandiya terma jamoasini boshqaradigan ilk xorijlik murabbiyga aylandi. So'nggi marta terma jamoani boshqa mamlakat vakili 1977–1978 yillarda boshqargan. O'shanda jamoa bosh murabbiyi avstriyalik Ernst Xappel edi.

Niderlandiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 24 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Germaniyaga qarshi o'tkazadi.

Ushbu bahsda Xavi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida debyut qilishi kutilmoqda. Germaniya terma jamoasi boshqaruvida esa Yurgen Kloppning debyuti bo'lishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ