logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mazraui "Manchester Yunayted"ning mavsumoldi o'yinlariga baho berdi

 13 AVGUST, 2026, 09:48

"Manchester Yunayted" himoyachisi Nussair Mazraui jamoaning mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlaridagi o'yiniga baho berdi.

Chorshanba kuni "qizil iblislar" "Lids" bilan asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. Shanba kuni jamoa mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini "Milan"ga qarshi o'tkazadi.

"Biz o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida qanday o'ynagan bo'lsak, hozir ham xuddi shunday harakat qilyapmiz, hatto ayrim jihatlarda yanada yaxshilandik. Maydonda nima qilishimiz kerakligi haqida aniq tasavvurga egamiz. Hatto o'rtoqlik uchrashuvlarida ham ko'zga yoqimli futbol namoyish etgan paytlarimiz bo'ldi", — deya Mazrauining so'zlarini The United Stand keltirdi.

22 avgust kuni Maykl Karrik boshchiligidagi "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi yangi mavsumining 1-turida safarda "Xall Siti"ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ