logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kazemiro: "Messiga rahmat aytishimiz kerak"

 13 AVGUST, 2026, 09:48

"Inter Mayami" yarim himoyachisi Kazemiro jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

Yaqinda argentinalik futbolchining otasi vafot etdi. Shunga qaramay, Messi bugun Ligalar kubogi doirasida "Leon"ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda (2:3) ishtirok etdi. U tanaffusdan so'ng zaxiradan maydonga tushdi.

"Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Biz uning oldida bosh kiyimimizni echib, rahmat aytishimiz kerak. Hozir Leoni qo'llab-quvvatlashimiz va unga dalda berishimiz lozim. Uning bugun biz bilan birga ekani — aql bovar qilmas holat", — deya Kazemironing so'zlarini The Touchline keltirdi.

"Inter Mayami" Ligalar kubogi guruh bosqichining uchta turida 3 ochko to'plab, pley-off yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 16 avgust kuni MLS doirasida "Neshvill"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ