logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Joze Mourino: «Bir xil futbolchilar doim o'ynashini istamayman»

 13 AVGUST, 2026, 08:48

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «Deportivo»ga qarshi safarda o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan (1:0) so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Qirollik klubi» birinchi bo'lim oxirida Braim Dias tomonidan urilgan yagona gol evaziga g'alaba qozondi.

«La Ligaga qaytgan jiddiy jamoaga qarshi jiddiy o'yin bo'ldi. Doim bir xil futbolchilar maydonga tushishini istamayman. Shuning uchun almashtirishlarni amalga oshirdim va har bir futbolchiga imkoniyat berdim.

Jamoa barcha jihatlarda o'sib bormoqda. Bu erda, shunday ajoyib muhitda va o'yinga jiddiy yondashgan raqibga qarshi maydonga tushish juda yaxshi bo'ldi», — deya Mourinoning so'zlarini Madrid Universal keltirdi.

«Real» 16 avgust kuni Gelzenkirxenda «Shalke 04»ga qarshi navbatdagi mavsumoldi uchrashuvini o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ