Braim Dias Mourinoning unga qo'yayotgan talablari haqida gapirdi
13 AVGUST, 2026, 08:36
Madridning «Real» klubi futbolchisi Braim Dias bosh murabbiy Joze Mourinoning unga qo'yayotgan taktik talablari haqida fikr bildirdi.
Chorshanba kuni «qirollik klubi» mavsumoldi uchrashuvida «Deportivo»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bahsdagi yagona golni birinchi bo'lim oxirida Braim Dias kiritdi.
«Mourino mendan nimani talab qilyapti? Buni uning o'zidan so'raganingiz ma'qul. Ammo bugun u mendan chuqurroqqa tushib, yarim himoyada qo'shimcha futbolchi bo'lishimni va hujumlarni boshlashda jamoaga yordam berishimni istadi. Menga bunday rol yoqyapti», — deya Braimning so'zlarini Madrid Universal keltirdi.
Joze Mourino iyun oyida «Real» bosh murabbiyligiga qaytib, Alvaro Arbeloa o'rnini egalladi. Portugaliyalik mutaxassis avval ham 2010–2013 yillarda Madrid klubini boshqargan.
