«Muzokaralar, muhokamalar... Ko'ramiz». «PSJ» prezidenti Barkolaning kelajagi haqida
13 AVGUST, 2026, 08:18
«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelaifiy jamoa vingeri Bredli Barkolaning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Frantsiyalik futbolchi «Aston Villa»ga qarshi UEFA Superkubogi bahsini to'liq zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. So'nggi vaqtlarda Barkolaning «Liverpul»ga o'tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalmoqda.
«Biz xotirjamlik bilan ishlayapmiz, ko'p gapirmaymiz. Biz ishlayapmiz. Barcha futbolchilar biz uchun muhim. Har bir futbolchi juda muhim.
Barkola ketadimi-yo'qmi, hozir ayta olmayman. Bugungi kunda u «PSJ» futbolchisi. Ko'ramiz. Muzokaralar, muhokamalar bor — ko'ramiz. Siz, jurnalistlar, ko'p gapirasizlar, men esa gapirmayman», — dedi Al-Xelaifi Canal+ telekanaliga.
«PSJ» navbatdagi uchrashuvini 16 avgust kuni o'tkazadi. Parijliklar Frantsiya Superkubogi uchun «Lans»ga qarshi maydonga tushadi.
