logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Sassuolo» Dominges transferini rasman e'lon qildi

 13 AVGUST, 2026, 08:12

Argentinalik yarim himoyachi Benxamin Dominges Italiyaning bir klubidan boshqasiga o'tdi — endi u «Sassuolo» sharafini himoya qiladi.

Dominges bunga qadar «Bolonya» safida to'p tepib kelayotgan edi. U ushbu klubga 2024 yilda kelib qo'shilgan.

«Sassuolo» argentinalik futbolchining transferini rasman e'lon qildi. Dominges yangi jamoasiga hozircha ijara asosida o'tdi. Kelishuvda «Sassuolo» uchun futbolchini ustuvor ravishda sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, Italiya chempionatining yangi mavsumi kelasi hafta oxirida start oladi. «Sassuolo» A Seriyaning 1-turida safarda «Atalanta»ga qarshi maydonga tushadi.

«Sassuolo» o'tgan mavsumni A Seriya turnir jadvalida 11-o'rinda yakunlagan. Chempionlik esa «Inter»ga nasib etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ