logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Alaybegovich «Yuventus»ga moslashishda Yildiz unga yordam berayotganini aytdi

 13 AVGUST, 2026, 08:06

«Yuventus»ning yangi futbolchisi Kerim Alaybegovich jamoadoshi Kenan Yildiz haqida fikr bildirdi.

Turin klubi 18 yoshli bosniyalik futbolchini Leverkuzenning «Bayer» klubidan sotib oldi. Yosh iqtidor «byankoneri» bilan 2031 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

«Yildiz — ajoyib futbolchi, u menga juda yoqadi. U ham men kabi nemis tilida gapiradi va bu muloqot qilishimizni ancha osonlashtiradi.

Biz u bilan juda yaqinmiz. U menga jamoaga moslashish va men uchun yangi bo'lgan narsalarga ko'nikishda yordam beryapti. U ajoyib inson», — dedi Alaybegovich Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

Yosh vingerning transfer qiymati 32 mln evro atrofida baholanmoqda. Alaybegovich o'tgan mavsum Avstriyaning «Red Bull Zaltsburg» klubi safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ