Messi faoliyatida birinchi marta jamoasi bilan guruhda qolib ketdi
13 AVGUST, 2026, 08:00
«Inter Mayami» Ligalar kubogida «Leon»ga mag'lub bo'lib, guruh bosqichidan chiqish imkoniyatini yo'qotdi.
Uchrashuv Meksika klubining 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. «Inter Mayami» bahs davomida ikki marta hisobda oldinga chiqdi, ammo mehmonlar har safar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuv oxirida esa «Leon» g'alaba golini kiritdi.
The Touchline ma'lumotiga ko'ra, shu tariqa 39 yoshli Lionel Messi professional faoliyatida ilk bor o'zi ishtirok etgan turnirning guruh bosqichidan o'ta olmadi. Argentinalik futbolchining jamoalari bunga qadar u ishtirok etgan barcha turnirlarda guruhdan chiqib, pley-off bosqichiga yo'l olardi.
«Leon»ga qarshi uchrashuvda Messi ikkinchi bo'lim boshlanishi oldidan zaxiradan maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma qayd eta olmadi.
«Inter Mayami» uch turdan so'ng 3 ochko to'pladi. «Leon» esa barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, 9 ochko jamg'ardi.
