Arteta Gimaraesning «Manchester Siti»ga qarshi asosiy tarkibda tushishi haqida gapirdi
13 AVGUST, 2026, 07:42
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yangi a'zosi Bruno Gimaraes haqida fikr bildirdi.
Chorshanba kuni braziliyalik yarimhimoyachi «kanonirlar» safida ilk bor maydonga tushdi. U Italiyaning «Komo» klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvining ikkinchi bo'limi boshida o'yinga qo'shildi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa «Arsenal» 4:3 hisobida g'alaba qozondi. Gimaraes ham penaltilar seriyasida o'z zarbasini aniq amalga oshirdi.
Jurnalistlar Artetadan 16 avgust kuni «Manchester Siti»ga qarshi o'tadigan Angliya Superkubogi bahsida Gimaraes asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkinmi, deb so'radi.
«Ko'ramiz! U jamoa bilan atigi uchta mashg'ulot o'tkazdi, ammo yaxshi ko'rindi. Bugun u o'yin amaliyotiga ega bo'lishni va «Emireyts»dagi muhitni his qilishni istadi», — deya Artetaning so'zlarini afcstuff keltirdi.
«Arsenal» Bruno Gimaraesni «Nyukasl»dan 87,5 mln evro evaziga sotib olgan.
