logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Markinos: «Sovrin yutish imkoniyati bo'lsa, buning uchun bor kuchimizni beramiz»

 13 AVGUST, 2026, 07:36

«PSJ» sardori Markinos UEFA Superkubogida «Aston Villa» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alabadan so'ng fikr bildirdi. Parijliklarga g'alabani Xvicha Kvaratsxeliya va Dezire Duening gollari keltirdi.

«Biz yakshanba kungi o'yinga tayyormiz. Qachonki sovrin yutish imkoniyati paydo bo'lsa, uni qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni beramiz.

Albatta, ayrim musobaqalar muhimroq, ammo har bir sovrin tarixda qoladi va o'z qadriga ega. Biz bor kuchimizni ishga solamiz. Bunday o'yinlarda g'alaba qozonish uchun etarlicha tajribamiz bor», — dedi Markinos.

16 avgust kuni «PSJ» Frantsiya Superkubogi uchun «Lans»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ