logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«San-Paulu» uchun ajratilgan avtobusdan 86 kg marixuana topildi

 13 AVGUST, 2026, 07:24

Braziliyaning «San-Paulu» klubi Boliviyaga Janubiy Amerika kubogi 1/8 finalida «Bolivar»ga qarshi o'yin o'tkazish uchun borganida noodatiy voqea yuz berdi.

Boliviya politsiyasi «San-Paulu» delegatsiyasini tashish uchun ajratilgan avtobusni tekshirish chog'ida 86,5 kg marixuana aniqladi. Transport vositasi klubning o'ziga emas, «San-Paulu» Boliviyadagi safari uchun yollagan Buses Cosmos kompaniyasiga tegishli bo'lgan.

Muhimi, «San-Paulu» futbolchilari ushbu avtobusga chiqmagan va voqeaga aloqador shaxslar bilan muloqotda bo'lmagan. Giyohvand moddalar avtobus jamoa delegatsiyasini olib ketishidan avval aniqlangan. Shundan so'ng tashuvchi kompaniya klubga boshqa avtobus taqdim etgan.

Hodisa yuzasidan uch kishi qo'lga olindi va Boliviya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tergov boshladi.

«San-Paulu» va «Bolivar» o'rtasidagi Janubiy Amerika kubogi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvi esa 1:1 hisobida yakunlandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ