«Ravenna» 20 avgust kuni Ronaldinoni tanishtiradi
13 AVGUST, 2026, 07:06
«Ravenna» uchun Italiya chempionatidagi yangi mavsum boshlanishi o'ziga xos tarzda o'tadi. Klub maxsus marosim tashkil etishni rejalashtirgan bo'lib, uning asosiy voqeasi afsonaviy Ronaldinoni tanishtirish bo'ladi.
Braziliyalik sobiq futbolchi rasman «Ravenna» o'yinchisiga aylangan. Biroq uning maydonga tushishini kutish qiyin — Ronaldino klubda asosan vakillik vazifalarini bajarishi kutilmoqda.
Ayni paytda «Ravenna» Italiya futbolida kuch jihatidan uchinchi divizion hisoblangan S Seriyada ishtirok etadi.
DerbyDerbyDerby.it ma'lumotiga ko'ra, Ronaldinoning rasmiy taqdimot marosimi 20 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Ronaldino avval ham Italiyada faoliyat olib borgan. U 2008–2011 yillarda «Milan» sharafini himoya qilgan. Braziliyalik futbolchi Italiya klubiga «Barselona»dagi yorqin faoliyatidan so'ng ko'chib o'tgan edi.
