logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Avstriya terma jamoasining ikki futbolchisi Italiyaga yo'l oldi

 13 AVGUST, 2026, 06:54

A Seriyaga qaytgan «Frozinone» tarkibini birdaniga ikki avstriyalik futbolchi — Romano Shmid va Florian Grillich bilan kuchaytirganini e'lon qildi. Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Romano Shmid Italiya chempionatiga Germaniya Bundesligasidan yo'l oldi. U bunga qadar Bremenning «Verder» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Florian Grillich esa Portugaliyaning «Braga» klubidan «Frozinone»ga o'tdi. U bilan bir mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

DerbyDerbyDerby.it ma'lumotiga ko'ra, Grillich Italiyada to'p tepishni doimo orzu qilganini ta'kidlagan.

Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasida yangi mavsum 22 avgust kuni start oladi. «Frozinone» chempionatdagi ilk uchrashuvini o'z maydonida Turinning «Yuventus» klubiga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ