logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ligalar kubogi. «Inter Mayami» «Leon»ga mag'lub bo'ldi, Messi zaxiradan maydonga tushdi

 13 AVGUST, 2026, 06:48

«Inter Mayami» Ligalar kubogi doirasida «Leon»ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuv AQShdagi «Nu» stadionida bo'lib o'tdi.

Amerika jamoasi hujumchisi Daniel Pinter 42-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlar Daniel Arsila goli evaziga muvozanatni tikladi. Oradan ko'p o'tmay «Inter Mayami» yana oldinga chiqdi — Yannik Brayt gol urdi.

60-daqiqada Xuan Pablo Dominges «Leon»ning ikkinchi javob golini kiritib, hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdi. Uchrashuv yakuniga yaqin Arsila o'zining ikkinchi golini urib, Meksika klubiga g'alaba keltirdi.

«Inter Mayami»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi. U Daniel Pinterning o'rnini egalladi.

«Leon» uchta o'yinning barchasida g'alaba qozonib, turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. «Inter Mayami» esa uch uchrashuvda 3 ochko to'plab, MLS divizionida 15-o'rinni egallab turibdi.

Ligalar kubogi

«Inter Mayami» (MLS) — «Leon» (Liga MX) — 2:3 (1:0)

Gollar: Pinter, 42 — 1:0. Arsila, 50 — 1:1. Brayt, 54 — 2:1. Dominges, 60 — 2:2. Arsila, 85 — 2:3.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ