logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fabregas jamoasi hujumini Embolo bilan kuchaytirishi mumkin

 13 AVGUST, 2026, 06:48

Italiyaning «Komo» klubi o'tgan mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazib, Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi jamoa Evropaning eng nufuzli klub turniri oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Sesk Fabregas boshchiligidagi jamoaning yangi futbolchilaridan biri «Renn»da to'p tepayotgan shveytsariyalik hujumchi Brel Embolo bo'lishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko'ra, «Komo» rahbariyati Emboloning vakillari bilan dastlabki aloqalarni amalga oshirgan. «Renn» 29 yoshli hujumchini taxminan 15 mln evroga baholamoqda. Hozircha klublar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar boshlanmagan, Italiya tomoni esa transfer imkoniyatini o'rganmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ