Uorren Zair-Emeri «PSJ»ning UEFA Superkubogidagi g'alabasiga munosabat bildirdi
13 AVGUST, 2026, 06:42
«PSJ» yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri UEFA Superkubogi uchun «Aston Villa»ga qarshi o'tkazilgan va 2:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng fikr bildirdi.
«Mavsum yaxshi boshlandi. Yana bir sovrin uyimizda», — deb yozdi Zair-Emeri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil mavsumni UEFA Superkubogi uchun bahsdagi g'alaba bilan boshladi.
