logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mbappe ketganidan keyin «PSJ» 12 ta sovrindan 10 tasini qo'lga kiritdi

 13 AVGUST, 2026, 05:24

Kilian Mbappe «Real»ga o'tganidan keyin «PSJ» o'zi ishtirok etgan 12 ta musobaqaning 10 tasida sovrinni qo'lga kiritdi.

Luis Enrike boshchiligidagi jamoa 2026 yilgi UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag'lub etib, navbatdagi sovriniga ega chiqdi.

2024/25 yilgi mavsumda Parij klubi Liga 1, Frantsiya kubogi, Frantsiya Superkubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida esa «Chelsi»ga mag'lub bo'ldi. Bu «PSJ»ning Kilian Mbappesiz o'tkazgan ilk mavsumi edi.

2025/26 yilgi mavsumda «PSJ» yana Frantsiya chempioni bo'ldi, mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokda zafar quchdi. Frantsiya kubogida esa jamoa 1/16 final bosqichida musobaqani tark etdi.

Shu tariqa, Mbappe jamoadan ketganidan so'ng «PSJ» sovrinlar uchun kurashda yuqori samaradorlik ko'rsatib, 12 ta imkoniyatdan 10 tasini g'alaba bilan yakunladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ