logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Qatarliklar «PSJ»ni sotib olganidan beri klub 43 ta sovrin yutdi

 13 AVGUST, 2026, 05:24

«PSJ» Qatar egalari davridagi 43-sovrinini qo'lga kiritdi.

Luis Enrike boshchiligidagi jamoa UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag'lub etib, navbatdagi sovriniga ega chiqdi. Parijliklar shu tariqa UEFA Superkubogida ketma-ket ikkinchi marta g'olib bo'ldi.

2011/12 yilgi mavsumdan, ya'ni klub Qatar Sports Investments (QSI) tasarrufiga o'tganidan buyon «Pari Sen-Jermen» jami 43 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Ularning 38 tasi Frantsiyadagi musobaqalar hissasiga to'g'ri keladi.

Bu davrda Frantsiyaning qolgan barcha klublari jami 15 ta sovringa ega chiqqan. Ular orasida faqat «Lill» va «Lion» bir martadan ko'proq g'olib bo'lishga muvaffaq bo'lgan — har ikki klub hisobida ikkitadan sovrin bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ