logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Unai Emeri UEFA Superkubogi uchun o'tkazgan barcha 4 o'yinida mag'lub bo'ldi

 13 AVGUST, 2026, 05:18

Unai Emeri murabbiylik faoliyati davomida UEFA Superkubogi uchun o'tkazgan barcha to'rtta uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi.

Ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi «Aston Villa» 2026 yilgi UEFA Superkubogi bahsida «PSJ»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va sovrinni qo'lga kirita olmadi.

Bunga qadar Emeri «Sevilya» bilan ikki marta UEFA Superkubogida mag'lub bo'lgan. 2014 yilda uning jamoasi «Real»ga 0:2 hisobida yutqazgan bo'lsa, 2015 yilda «Barselona»ga 4:5 hisobida imkoniyatni boy bergan.

2021 yilda esa Emeri boshchiligidagi «Vilyarreal» «Chelsi»ga qarshi asosiy va qo'shimcha vaqtni 1:1 hisobida yakunlab, penaltilar seriyasida 5:6 hisobida mag'lub bo'lgan.

Shu tariqa, Unai Emeri UEFA Superkubogi uchun to'rt marta kurash olib borgan bo'lsa-da, hali biror marta bu sovrinni qo'lga kirita olmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ