Luis Enrikening murabbiylik faoliyatidagi sovrinlari soni 22 taga etdi
13 AVGUST, 2026, 05:12
Luis Enrike «PSJ» bosh murabbiyi sifatida 13-sovrinini qo'lga kiritdi. Parijliklar UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Ispaniyalik mutaxassis Frantsiya klubidagi uch yillik faoliyati davomida uch martadan mamlakat chempionati va Frantsiya Superkubogida, ikki martadan Frantsiya kubogi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogida, shuningdek, bir marta Qit'alararo kubokda g'olib chiqdi. «PSJ» uning qo'l ostida Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ikkinchi o'rinni egalladi.
«Barselona»dagi faoliyatini ham hisobga olganda, Luis Enrikening murabbiy sifatida qo'lga kiritgan sovrinlari soni 22 taga etdi. Kataloniya klubi bilan u uch marta Ispaniya kubogi, ikki marta La Liga, bir martadan Ispaniya Superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.
Luis Enrike «Roma», «Selta» va Ispaniya milliy jamoasidagi faoliyati davomida sovrin qo'lga kiritmagan.
