logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Chelsi» o'tgan mavsum APLda 28 ta o'yinda 1 ta gol urgan hujumchisi uchun kamida 50 mln funt talab qilmoqda

 13 AVGUST, 2026, 05:00

«Chelsi» hujumchisi Liam Delapni shu yozda sotib olmoqchi bo'lgan klub qancha mablag' to'lashi kerakligi ma'lum bo'ldi.

Daily Mail jurnalisti Kiran Gillning «Chelsi»dagi manbalariga tayanib xabar berishicha, London klubi 23 yoshli hujumchining to'liq transferi uchun 50 mln funt yoki undan ko'proq mablag' olishni istamoqda. Bu haqdagi xabarlar bugun ham tarqaldi.

Delap o'tgan yozda «Ipsvich»dan «Chelsi»ga 30 mln funt evaziga ko'chib o'tgan edi.

Hujumchi o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. U har bir uchrashuvda o'rtacha 39 daqiqa harakat qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ