logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ» so'nggi ikki mavsumda Angliya klublariga qarshi muvaffaqiyatli seriyani davom ettirdi

 13 AVGUST, 2026, 05:00

«PSJ» ketma-ket ikkinchi marta UEFA Superkubogi uchun bahsda Angliya klubini mag'lub etdi.

Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar 2026 yilgi UEFA Superkubogida «Aston Villa»ni 2:1 hisobida engib, sovrinni qo'lga kiritdi. O'tgan yili esa «PSJ» «Tottenhem» bilan asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g'alaba qozongan edi.

Shuningdek, so'nggi ikki mavsumda «PSJ» Chempionlar ligasining pley-off bosqichlarida Angliya klublariga qarshi qator g'alabalarni qayd etdi.

Parijliklar so'nggi Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» bilan asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida 4:3 hisobida ustun keldi. Unga qadar chorak finalda «Liverpul»ni har ikki uchrashuvda 2:0 hisobida, 1/8 finalda esa «Chelsi»ni 5:2 va 3:0 hisoblarida mag'lub etgan.

2024/25 yilgi mavsumda ham «PSJ» Angliya klublariga qarshi muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Jamoa Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Liverpul»ni penaltilar seriyasida enggan, chorak finalda «Aston Villa»dan, yarim finalda esa «Arsenal»dan ustun kelgan.

Yakunda «PSJ» o'sha mavsumda ham Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ