logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Luis Enrike: «Maqsadimiz — barcha sovrinlarni qo'lga kiritish»

 13 AVGUST, 2026, 04:24

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchilarining har bir musobaqada g'alaba qozonishga bo'lgan ishtiyoqi, shuningdek, ketma-ket uchinchi evrokubok finalida zafar quchish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, parijliklar 2026 yilgi UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

«Men buni doim aytaman: futbolchilarni ruhlantirish oson, chunki ular futbol o'ynashni, mashg'ulot o'tkazishni va sovrinlar yutishni yaxshi ko'radi. Muxlislarimiz bilan esa vaziyatimiz shunchaki ideal.

Uchinchi yulduz? Menimcha, ketma-ket ikki marta g'alaba qozonishning o'zi shu qadar qiyinki, bunday lahzalardan zavqlanish kerak. Biroq shu bilan birga, ambitsiyali bo'lish, professionallikni saqlab qolish va barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga intilish lozim. Bizning maqsadimiz ham shu.

Muxlislar ajoyib, ularning qo'llab-quvvatlashi hayratlanarli. Jamoaga yordam berish uchun ular shu erda ekanini bilish — katta zavq. Biz esa bu ajoyib davrni imkon qadar uzoqroq davom ettirishdan mamnunmiz», — deya Luis Enrikening so'zlarini Footmercato keltirdi.

«PSJ» ketma-ket ikki yil Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi sohibi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ