logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Luis Enrike Superkuboklar soni bo'yicha faqat Anchelotti va Gvardioladan ortda qolmoqda

 13 AVGUST, 2026, 04:18

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike faoliyatida uchinchi marta UEFA Superkubogi sohibi bo'ldi. Bu sovrinni undan ko'proq faqat Xosep Gvardiola (4 marta) va Karlo Anchelotti (5 marta) qo'lga kiritgan.

Luis Enrike avval 2015 yilda «Barselona» bilan, 2025 yilda esa «PSJ» bilan UEFA Superkubogida g'olib chiqqan edi.

12 avgust, chorshanba kuni «PSJ» UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni mag'lub etdi. Uchrashuv Zaltsburgdagi «Red Bull Arena» stadionida bo'lib o'tdi. Bahsni somalilik bosh hakam Omar Abdulqodir Artan boshqardi.

«PSJ» o'tgan mavsumda Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan edi. Parijliklar finalda Londonning «Arsenal» klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa «PSJ» 4:3 hisobida ustun kelib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ