logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ» Chempionlar ligasi g'oliblarining Superkubokdagi 8 yillik ustunligini davom ettirdi

 13 AVGUST, 2026, 04:12

«Pari Sen-Jermen» UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, o'tgan mavsumda Chempionlar ligasida g'olib chiqqan Frantsiya grandi so'nggi sakkiz mavsumdan buyon davom etayotgan an'anani saqlab qoldi. Ushbu davr mobaynida Chempionlar ligasi g'olibi keyinchalik UEFA Superkubogini ham qo'lga kiritmoqda.

Avvalgi yillarda UEFA Superkubogida «PSJ» (2025), Madridning «Real» klubi (2024 va 2022), «Manchester Siti» (2023), «Chelsi» (2021), «Bavariya» (2020) va «Liverpul» (2019) g'olib chiqqan.

Chempionlar ligasi emas, Evropa ligasi g'olibi sifatida UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan so'nggi jamoa Madridning «Atletiko» klubi bo'lib qolmoqda.

«Atletiko» 2018 yilgi UEFA Superkubogi bahsida shahardoshi «Real»ni 4:2 hisobida mag'lub etib, sovrin sohibi bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ