Emeri «PSJ»dan mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi
13 AVGUST, 2026, 04:06
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri UEFA Superkubogi uchun bahsda «PSJ»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Men juda mamnunman. Bugun tarkibimizda ayrim futbolchilar etishmadi, hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. Ammo bugungi o'yin biz top-jamoalarga munosib qarshilik ko'rsata olishimizni namoyish etdi.
Bizda “PSJ”ga qarshi munosib kurash olib borish imkoniyati bordek taassurot uyg'otdik. Men uchun eng muhimi ham shu. Men ushbu sovrinni qo'lga kiritishni istagandim. Yigitlarimiz va ularning qanday kurashgani, vaziyatlar yaratganidan juda faxrlanaman», — deya Emerining so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.
Emeri murabbiy sifatida UEFA Superkubogida to'rtinchi marta ishtirok etdi, ammo hali biror marta ham ushbu sovrinni qo'lga kirita olmagan.