17 yoshli Brayan Madjo UEFA Superkubogi tarixida rekord o'rnatdi
13 AVGUST, 2026, 03:36
«Aston Villa» hujumchisi Brayan Madjo «PSJ»ga qarshi UEFA Superkubogi bahsida gol urdi. Forvard birinchi bo'lim yakuniga yaqin hisobni tenglashtirdi.
Football Insider xabariga ko'ra, Madjo 17 yoshu 212 kunligida gol urib, UEFA Superkubogi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, u Patrik Klyuyvertga tegishli avvalgi rekordni yangiladi. Niderlandiyalik hujumchi 1995 yilgi UEFA Superkubogining «Saragosa»ga qarshi dastlabki uchrashuvida (1:1) «Ayaks» safida 19 yoshu 220 kunligida gol urgan edi.
Bundan tashqari, Madjo UEFA Superkubogi uchrashuvini asosiy tarkibda boshlagan tarixdagi eng yosh futbolchiga ham aylandi.
