logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Due: «Biz bu mavsumda yana barcha sovrinlarni qo'lga kiritmoqchimiz»

 13 AVGUST, 2026, 03:30

«PSJ» hujumchisi Dezire Due UEFA Superkubogi uchun «Aston Villa»ga qarshi o'tkazilgan va 2:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng fikr bildirdi. 21 yoshli frantsuz bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Ajoyib! Bu sovrin — aql bovar qilmas darajadagi natija. Uni qo'lga kiritish juda qiyin, chunki buning uchun avval Chempionlar ligasida g'olib chiqish kerak. Ammo biz buni ikkinchi marta uddaladik — bu shunchaki aql bovar qilmas holat.

Biz doim g'alabaga chanqoqmiz, doimo yutishni istaymiz. Chempionlar ligasi finalidan keyin ham yanada ko'proq narsaga erishishni xohlayotganimizni aytgandim. Bizning maqsadlarimiz juda katta. Biz yoshmiz va bu mavsumda yana barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istaymiz», — deya Duening so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil mavsumni UEFA Superkubogi uchun bahsdagi g'alaba bilan boshladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ