logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Al-Xelaifiy: «Bizda dunyoning eng yaxshi jamoasi va murabbiyi bor»

 13 AVGUST, 2026, 03:24

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelaifiy UEFA Superkubogi uchun «Aston Villa»ga qarshi o'tkazilgan va 2:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng fikr bildirdi.

«Bu ajoyib — biz mavsumni o'zimiz uchun muhim bo'lgan sovrin bilan boshlayapmiz. Maqsadimiz — doim g'alaba qozonish. Ayrim futbolchilarimiz atigi ikki yoki uch kun mashg'ulot o'tkazdi. Bizda dunyoning eng yaxshi jamoasi, dunyoning eng yaxshi murabbiyi, dunyoning eng yaxshi sport direktori va dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor», — deya Al-Xelaifining so'zlarini Mega PSG keltirdi.

«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil mavsumni UEFA Superkubogi uchun bahsdagi g'alaba bilan boshladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ