«PSJ»ning sobiq futbolchisi UEFA superkubogi oldidan taxmin bildirdi
12 AVGUST, 2026, 23:00
«PSJ»ning sobiq futbolchisi Erik Rabesandratana UEFA superkubogi doirasida «PSJ» va «Aston Villa» jamoalari o'rtasidagi o'yin borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Har qanday klub uchun sovrinlarni qo'lga kiritish muhim. Bu har safar o'z oldiga yuqoriroq maqsad qo'yish va tarix yozish ilinjida sodir bo'ladi.
Shu bois «PSJ» «Aston Villa»ga qarshi o'yinga jiddiy yondashmoqda. O'ylaymanki, uchrashuv og'ir kechadi, ammo «PSJ» minimal hisobda — 2:1 yoki 1:0 hisobida g'alaba qozonadi», — dedi Rabesandratana.
