«Arsenal»ga katta taklif kelib tushdi
12 AVGUST, 2026, 22:48
«Arsenal»ga o'z hujumchisi transferi bo'yicha salmoqli taklif kelib tushdi.
«Galatasaray» Gabriel Martinelli uchun 45 million evro taklif qildi. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Martinelli «Galatasaray»ning yozgi transferlar bozoridagi asosiy maqsadi hisoblanadi.
Transfermarkt portali 25 yoshli Gabriel Martinellini aynan 45 million evro deb baholamoqda. Amaldagi shartnoma braziliyalik futbolchini «Arsenal» bilan 2027 yil o'rtalarigacha bog'lab turadi.
Martinelli «Arsenal» safida 278 ta uchrashuv o'tkazib, 62 ta gol urdi va sheriklariga 36 ta golli uzatma berdi.
