APLning yangi mavsumdagi ehtimoliy chempioni taxmin qilindi
12 AVGUST, 2026, 22:42
Sky Sports jurnalistlari superkompyuter yordamida Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi uchun taxmin tayyorladi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, «Arsenal» chempionlik unvonini himoya qilishi va taxminan 85 ochko jamg'arishi kutilmoqda.
Superkompyuter ikkinchi o'rinda «Manchester Siti»ni ko'rmoqda — jamoa taxminan 82 ochko to'plashi kerak.
Keyingi o'rinlarni «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Tottenxem», «Aston Villa», «Bornmut», «Brayton», «Brentford», «Everton», «Fulxem», «Nyukasl», «Lids», «Sanderlend», «Kristal Pelas» va «Nottingem Forest» egallashi taxmin qilingan.
Superkompyuter quyi ligaga tushib ketish zonasida «Koventri», «Ipsvich» va «Xall Siti»ni ko'rmoqda. Aynan shu jamoalar bahorda Chempionshipdan APLga yo'llanma olgan edi.
