Elit OChLda umumiy bosqichiga chiqqan barcha jamoalar ma'lum bo'ldi
12 AVGUST, 2026, 19:12
Elit Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumida umumiy bosqichida ishtirok etadigan barcha 32 jamoa nomi ma'lum bo'ldi.
O'zbekiston sharafini ushbu bosqichda ikki klub — «Neftchi» va «Paxtakor» himoya qiladi. Ushbu bosqichga qur'a tashlash marosimi 18-avgust kuni o'tkaziladi.
G'arb mintaqasi:
Saudiya Arabistoni — «Al Ahli», «An Nasr», «Al Hilol», «Al Ittihod», «Al Qodisiya».
BAA — «Al Ayn», «Shabab Al Ahli», «Al Wasl».
Qatar — «As Sadd», «Al Garafa», «Al Shamal».
Eron — «Istiqlol», «Traktor».
O'zbekiston — «Neftchi», «Paxtakor».
Iroq — «Al Quva Al Javiya».
Sharq mintaqasi:
Yaponiya — «Kashima Antlers», «Vissel Kobe», «Kashima Reysol», «Gamba Osaka», «Kioto Sanga».
Janubiy Koreya — «Hyundai Motors», «Pohang Steelers», «Daejeon Citizen».
Tailand — «Buriram United», «Port», «Ratchaburi».
Xitoy — «Shanxay Port», «Beijing».
Avstraliya — «Nyukasl Jets».
Malayziya — «Johor Darul Ta'zim».
Vetnam — «Hanoi».
Shu tariqa, Elit OChLning guruh bosqichida G'arb va Sharq mintaqalaridan 16 tadan jamoa qatnashadi. Qur'a natijasiga ko'ra klublarning raqiblari aniqlanadi.
