Ronaldu Messiga hamdardlik bildirdi
12 AVGUST, 2026, 19:00
Krishtianu Ronaldu Lionel Messini otasi Xorxening vafotidan so'ng qo'llab-quvvatladi.
Portugaliyalik futbolchi argentinalik yulduzning ijtimoiy tarmoqlardagi vafot etgan otasiga bag'ishlangan posti ostida izoh qoldirdi.
"Ushbu og'ir damlarda seni va oilangni mahkam bag'rimga bosaman, Leo. Sizlarga kuch-quvvat tilayman", – deb yozdi Ronaldu.
Xorxe Messining vafoti haqida 8 avgust kuni ma'lum bo'lgan edi. Argentinalik futbolchining otasi 68 yoshda edi.
Messi 12 avgust kuni katta murojaat e'lon qilib, unda otasi bilan bo'lgan munosabatlari, butun faoliyati davomidagi qo'llab-quvvatlovini eslab o'tdi va uni juda sog'inishini tan oldi.
