«Latsio» Frattezi bo'yicha «Inter» bilan kelishuvga erishdi
12 AVGUST, 2026, 17:24
«Latsio» «Inter» yarim himoyachisi Davide Frattezining transferi borasida milanliklar bilan og'zaki kelishuvga erishdi.
Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Manbaga ko'ra, Rim klubi 26 yoshli italiyalik futbolchini 1 million evro evaziga ijaraga oladi. Bitimda Frattezini 14 million evro evaziga sotib olish imkoniyati ham ko'zda tutilgan. Belgilangan shartlar bajarilsa, mazkur band futbolchini majburiy ravishda sotib olish optsiyasiga aylanadi.
Frattezining o'zi ham «Latsio»ga o'tish shartlarini kelishib olgan.
26 yoshli markaziy yarim himoyachi 2024 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining ayni paytdagi transfer qiymati 22 million evroga baholanmoqda.
