logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

De Dzerbi Spensning «Tottenxem»dan ketishiga to'sqinlik qilmaydi

 12 AVGUST, 2026, 17:18

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoa himoyachisi Jed Spensning klubdan ketishiga to'sqinlik qilmaydi. Bu haqda jurnalist Geri Uord xabar berdi.

Avvalroq Milanning «Inter» klubi «shporlar»ga Spens transferi bo'yicha rasmiy taklif yuborgani haqida ma'lumot tarqalgan edi.

Manbaga ko'ra, De Dzerbi Spensga u istagan miqdorda o'yin amaliyotini kafolatlay olmaydi. Shu bois himoyachi jamoadan ketish istagini bildirsa, italiyalik murabbiy uni qo'yib yuborishga qarshi emas. Bu tarkibdan joy olish imkoniyati cheklangan boshqa futbolchilarga ham tegishli.

26 yoshli Spens o'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Biroq ushbu o'yinlarda u gol yoki golli uzatma bilan o'z hisobiga yozuv kirita olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ